Sobiq bosh prokurorning qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka ega ekani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirovning Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida xabar berish loyihasi (Organized Crime and corruption reporting project, OCCRP) ma’lum qildi.

Tovlamachilik va firibgarlikda ayblanib, O‘zbekiston hukumati tomonidan qidiruvga berilgan Alisherbek Qodirovning Dubayda to‘rtta Marina Plaza ofisi borligi aniqlangan. 1,9 million dollardan 2 million dollargacha bo‘lgan mulkning umumiy qiymati 7,9 million dollarga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashid Qodirov 2019 yil 26 iyun kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining hukmi bilan, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda katta lavozimlarida ishlagan M.Mirzayev, J.Fayziyev, U.Sunnatov, R.Po‘latov, A.Musashayxov, U.Xurramov, Yu.Gaipov, A.Mirzayev, M.Mirzayeva, fuqarolar S.Kosimov, A.Ikramov va X.Axmedjanov bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib pora olish (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining “a” bandi), pora berishga dalolat qilish (JK 28,211-moddasi 3-qismining “a” bandi), firibgarlik (JK 168-moddasi 3-qismining “a” bandi), soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (JK 184-moddasining 3-qismi), tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish (JK 236-moddasining 2-qismi), jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (JKning 243-moddasi) kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun Rashid Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.

Rashid Qodirov jinoyatlarda ayblanib, hibsga olingan davrda uning o‘g‘li Alisher Qodirov (tadbirkor) 2018 yilda firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan. Kuyovi Nodir To‘raqulov, Surxondaryo viloyati milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2018 yilda poraxo‘rlikda ayblanib, 16 yilga qamalgan. 

QALAMPIR.UZ'ning ishonchli manbalariga ko‘ra, Zangiota tumani 22-sonli jazoni ijro etish muassasasida saqlangan Rashid Qodirov 2023 yilning 2 yanvar kuni sud qarori bilan ozodlikka chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisherbek Qodirov Rashitjon Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar