“Snos” SSSRdan qolgan merosmi? Ortiqxo‘jayevning odami nima deydi?

Jamiyat

image

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida mazkur partiya vakili. Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov o‘zboshimchalik bilan qurib olingan ob’ektlar hamda qonunga xilof ravishda qurilgan binolar xususida fikr bildirib o‘tdi.

“Sobiq Sovet ittifoqidan meros – kim qayerga nima xohlasa qurib tashlayvergan. Men oddiy misol sifatida aytaman, “zapravka”dan 500 metr atrofda aholi yashash joyi, ovqatlanadigan joy bo‘lishi mumkin emas. Lekin qayerda shu narsaga amal qilinganini ko‘rgansizlar shaharda (Toshkent shahri - tahr.)? “Zapravka”ning oldida xonadon ham bor, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari ham bor. Qonunda mumkinmas. Boshida tadbirkor shu joyga ruxsat olishga borganida hokimiyat yoki davlatning tegishli organi “yo‘q” degan bo‘lsa kerak. Keyin yana uning baribir ruxsatini olish uchun tanish-bilish “surib” yoki pulini berib maqsadiga erishadi. Mana endi qonuniylikka rioya qilinib, endi buzamiz deb kelgan paytda tadbirkorlar hamma yerga jar solish holati ham bor.

“Snos”lar o‘zi nimadan boshlandi? Suvning bo‘yida norma bo‘yicha, qonunchilik asosida, 50 metr masofada uy ham tadbikorlik sub’ekti ham bo‘lishi kerak emas. Lekin bizda hamma joyga qurib tashlangan. Uni agar buzamiz desak yana o‘sha “snos” masalasi ko‘tariladi”, dedi u.

Shuningdek, Elbek Shukurov ayrim insonlar tomonidan o‘zlari yashagan yoki faoliyat yuritgan hududga yuqori baho so‘ralganini ham ta’kidlab o‘tdi.
“Butun aholi yalinyapti, shu tadbirkorga yoki xonadonga, “uyimiz ekskirib ketgan, hammamizni rozi qildi, iltimos sen ham rozi bo‘lgin” deyapti. “Yo‘q, 4 sotix yerimga 1 million dollar xohlayman” deydi. Bunaqa holatlar ham bor. Bizda hozirda eng katta bo‘layotgan xato, to‘g‘ri tushuninglar, tuman hokimiyati darajasida ham bizlarga o‘xshab qonunchilikni yaxshi tushunadigan, ertalabdan har bir qarorni o‘qib qo‘yadigan mutaxassislar yo‘q. “Kompetentnыy” bo‘lmasligi mumkin. Shu holatlarda hurmatli deputatlar, tuman kengashlarining asosiy vazifasi qilayotgan xatti-harakatini mas’ulga tushuntirish. Shu nuqtai-nazardan har bir harakatda uni umumiy “snos” shaklida emas. Har bir holatni alohida-alohida baholash nuqtai nazaridan ko‘rishimiz kerak. Men hokimiyatlarni umuman oqlayotganim yo‘q. Partiyamizning pozitsiyasi qat’iy bo‘lishi kerak. Lekin ba’zi boshqa hamkasblarimiz nuqtai-nazaridan faqat piarga ham o‘tib olishimiz kerak emas”, dedi Elbek Shukurov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing