SMS-xarajatlariga chek qo‘yiladimi? O‘zLiDeP asosli taklif bilan chiqdi
Biznes
−
28 aprel 11446 1 daqiqa
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot, bank va FinTech sohalarini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar izchil davom etmoqda. Naqdsiz to‘lovlar ko‘payishi bilan birga, bank kartalari orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar ham ortib bormoqda.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ta’kidlashicha, bu jarayonda SMS-xabarlar bilan bog‘liq ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, xizmat narxining oshishi aholi uchun qo‘shimcha xarajat bo‘lib qolmoqda, xabarlarning kechikishi kuzatilmoqda, ma’lumot cheklangan hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha ayrim xatarlar mavjud.
Shu bois, partiya bank xizmatlarida zamonaviy xabarnoma tizimlarini joriy etishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, SMS-xabar o‘rniga Push, In-App, messenjer va elektron pochta orqali xabar yuborish tizimlaridan foydalanish, shuningdek, mijozlarga xabarnoma turini tanlash imkoniyatini berish nazarda tutilmoqda.
Ushbu taklif bank xizmatlari samaradorligini oshirish, aholi xarajatlarini kamaytirish va kiberxavfsizlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Xorijiy tajriba ham bunday yondashuvning samarali ekanini ko‘rsatmoqda.
Umuman olganda, mazkur tashabbus bank tizimini raqamlashtirish va mijozlar manfaatini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust