Slovakiya Bosh vaziriga suiqasd qilindi. Uning ahvoli og‘ir (video)
Olam
−
15 may
12943Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga qarata o‘q uzilgan. Shundan so‘ng, Fitso zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fitso hukumat yig‘ilishidan keyin mahalliy aholi vakillari bilan ko‘rishgan, ulardan biri esa unga qarata o‘t ochgan. Oqibatda Bosh vazir yerga yiqilgan, uning ko‘krak sohasi va qorin qismiga jarohat yetkazilgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda politsiyachilar tomonidan vazirga hujum qilgan shaxsning qo‘lga olinishi videosi tarqalgan.
Bosh vazir vertolyotda poytaxt Bratislavadagi shifoxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Robert Fitso 2023 yil oktyabrida parlament saylovlarida uning "Kurs – sotsial demokratiya" partiyasi g‘olib chiqqach, hukumat rahbarligiga kelgandi. Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Robert Fitso Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishiga qarshi ekanini aytgandi.
LiveBarchasi