Skaloni muhim qarorlarni Messisiz qabul qilmasligini tan oldi

Sport

image

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi bilan muntazam ravishda maslahatlashishini va jamoaga oid muhim qarorlarni uning fikrisiz qabul qilmasligini tan oldi. Bu haqda Skaloni “Marca” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

Lionel Skaloni 2018 yildan buyon Argentina terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida jamoa ikki marta Amerika kubogi (2021, 2024 yillar), Finalissima (2022 yil) va Jahon chempionati (2022 yil) g‘olibi bo‘lgan.

“Men qaror qabul qiluvchiman, deb aytishning ma’nosi yo‘q. Messi bilan doimo barcha masalalarni muhokama qilamiz. Men uning fikrini so‘rayman, o‘zini qanday his qilayotganini bilmoqchi bo‘laman va birgalikda eng to‘g‘ri qarorga kelishga harakat qilamiz. Men boshliqman, deb aytishning hojati yo‘q”, deydi Skaloni.

Murabbiy shuningdek, Messining jamoadagi ahamiyati haqida ham to‘xtaldi.

“Menimcha, bu tabiiy holat. Chunki u hatto qiyin paytlarda ham jamoaga juda ko‘p narsa bera oladi. Messi maydonda bo‘lsa, jamoa kuchliroq ko‘rinadi. U istalgan paytda golli vaziyat yaratish qobiliyatiga ega”, deydi u.

Ayni paytda 38 yoshda bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya chempionati, “Barselona” hamda Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Messi, shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Argentina terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan. Amaldagi chempionlar mundialda “J” guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Lionel' Skaloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing