Siyosiy partiyalarga saylovda qatnashish uchun guvohnomalar berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda siyosiy partiyalarga prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun guvohnomalar berildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan navbatdagi majlisidan so‘ng siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishga ijozat berilgani to‘g‘risidagi guvohnomalar taqdim qilingan. Shuningdek, belgilangan namunadagi imzo varaqalari blankalari partiyalarning vakolatli vakillariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi 2023 yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

saylov siyosiy partiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing