“Siti”ning bir qator yetakchilari klubni tark etishni o‘ylamoqda – OAV
Sport
−
17:53 661 1 daqiqa
“Manchester Siti”ning bir nechta yetakchi futbolchisi klubga qo‘yilgan moliyaviy qonunbuzarliklarga oid 115 ta ayblov bo‘yicha tergov bilan bog‘liq noaniqliklar tufayli jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “The Touchline” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoaning ayrim yulduzlari hozirgi vaziyatdan norozi bo‘lib, agar klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilsa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan tobora ko‘proq xavotirga tushmoqda.
Avvalroq, “Manchester Siti” 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgan edi. Klub ehtimoliy jazoga apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.
Muhokama qilinayotgan ehtimoliy sanksiyalar orasida jarima, ochkolarni olib tashlash va Premer-ligadan chetlatish kabi choralar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya Premer-ligasining bir qator klublari “Manchester Siti”ni moliyaviy qoidalarni buzgani uchun sudga berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi