“Siti” Xolandni tanishtirishni nega kechiktirayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 10 may kuni “Manchester Siti” “Borussiya Dortmund” hujumchisi Erling Xolandni  sotib olgani e’lon qilbydi. Biroq hali-hanuz u futbol ommasi qarshisiga “Siti” libosida chiqmadi. Bunga sabab Xolandning “shaharliklar” tarkibida qaysi raqamda o‘ynashi hamon noaniqligi bilan bog‘liq. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xoland allaqachon Manchesterga ko‘chib o‘tgan. Faqatgina uning qaysi raqamda to‘p tepishi aniq emas. “Shaharliklar” rahbariyati Gabriyel Jesusning 9-raqamini norvegiyalik futbolchiga olib bermoqchi bo‘lgan. Biroq ular kiyinish xonasidagi vaziyat yomonlashishidan cho‘chigan. Sababi futbolchilarining raqamini almashtirish ularning xohishi bilangina amalga oshiriladi. Tabiiy-ki, Jesus Xolandga o‘zining  raqamini berishdan xursand bo‘lmaydi.

Qayd etish joizki, 21 yoshli hujumchining rasmiy tanishtirish marosimini o‘tkazish uchun barcha tashkiliy ishlar deyarli yakunlangan. Xolandga raqam topilishi bilan marosim o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda norvegiyalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik iqtidor egasini 150 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing