“City”ga tegishli futbolchi bitta o‘yinda 6 ta gol urdi

Sport

image

Argentinaning “River Pleyt” jamoasi hujumchisi Xulian Alvares Libertadores kubogining 6-turidan o‘rin olgan Peruning “Alyans Lima” klubiga qarshi o‘yinda (8:1) 6 ta gol urdi. Bu haqda “River Pleyt” klubining  matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, 22 yoshli argentinalik futbolchi Buenos-Ayres klubi tarixida bir o‘yinda 6 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Alvares joriy yilning yanvar oyida “Manchester City” bilan shartnoma imzoladi, ammo iyulgacha “River Pleyt”da ijara asosida o‘ynaydi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Xulian Alvares “River Pleyt” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali argentinalik iqtidor egasini 23 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing