“Siti” futbolchisi Osiyo jamoasiga o‘tdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Teyani Reynders bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi 28 yoshli futbolchi uchun “shaharliklar”ga taxminan 60 million yevro to‘lashdi.

O‘tgan mavsumda Reynders barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, “Al-Qodisiya”da u Meksika bilan Jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Xulian Kinones va Italiya terma jamoasi hujumchisi Mateo Retegi harakat qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing