“Siti” Enso Fernandes uchun rasmiy taklif jo‘natdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandes uchun “Chelsi”ga rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, “Manchester Siti” Enso Fernandes uchun “Chelsi”ga 120 million yevro taklif qilgan. London klubi esa futbolchi uchun 140 million yevro talab qilmoqda. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

2025-2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida 25 yoshli Enso Fernandes 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, u Chempionlar ligasida 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Fernandes Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. U turnirda 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta golni o‘z hisobiga rasmiylashtirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing