“Siti” Enso Fernandes uchun 164 mln yevro taklif qilmoqchi
Sport
−
10:30 306 1 daqiqa
“Manchester Siti” transfer oynasining so‘nggi kunlarida Enso Fernandes uchun “Chelsi”ga yirik taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnalist Gaston Edul ma’lum qildi.
Argentinalik jurnalistning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 25 yoshli yarim himoyachi uchun 130–140 million funt sterling taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu hozirgi kurs bo‘yicha taxminan 152–164 million yevroni tashkil qiladi.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano ham “Siti” transfer oynasi yopilguniga qadar Fernandes uchun rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi.
Argentinalik futbolchi ham transferga yo‘l ochgani aytilmoqda. “Chelsi” esa Fernandesni faqat moliyaviy jihatdan qulay taklif tushgan taqdirdagina sotishni ko‘rib chiqishi mumkin. London klubi futbolchining transferini taxminan 120 million funt sterlingga baholayotgani xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, Fernandesning “Chelsi” bilan shartnomasi 2032 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” esa argentinalik futbolchining ayni paytdagi bozor qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.
Live
Barchasi