“Siti” “Barselona”ning Rodrini sotib olish uchun ikkinchi taklifini ham rad etdi
Sport
−
11:15 284 1 daqiqa
“Manchester Siti” “Barselona”ning yarim himoyachisi Rodrini sotib olish bo‘yicha ikkinchi taklifini ham rad etdi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Avvalroq, “Barselona” yarim himoyachi uchun “Manchester Siti”ga 60 million yevro atrofida taklif yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi ushbu taklifni rad etgan va futbolchi uchun taxminan 80 million yevro talab qilmoqda.
Avvalroq, “Manchester Siti” “Barselona”ning 45 million yevro atrofidagi birinchi taklifini ham rad etgandi.
Ma’lumot uchun, 2025–2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida 30 yoshli Rodri 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta gol urgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan, ammo gol ura olmagan.
Live
Barchasi