“Siti” AEKni yirik hisobida mag‘lub etdi

Sport

−

image

Kecha, 20 oktyabr kuni Angliyaning “Manchester Siti” klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida o‘z maydonida Gretsiyaning AEK jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Mezbonlar safida Fil Foden xet-trik qayd etdi. U 34, 65 va 76-daqiqalarda gol urdi. Shuningdek, Elliot Anderson (12) va Rayan Sherki (57) ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goliga Stavros Pilios (52) mualliflik qildi. Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Ushbu g‘alabadan keyin “shaharliklar” ochkolarini oltitaga yetkazib, umumiy turnir jadvalining kuchli sakkizligidan joy oldi. AEK esa uch ochko bilan 26-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda “Manchester Siti” joriy yilning 5 noyabr kuni safarda Germaniyaning “RB Leypsig” klubiga qarshi bahs olib boradi. AEK esa 4 noyabr kuni o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing