“Siti” Husanov bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” Husanov bilan muzokaralarni deyarli yakunlagan. Shuningdek, klub belgiyalik hujumchi Jeremi Doku bilan ham 2031 yilgacha amal qiladigan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan edi. O‘zbekistonlik markaziy himoyachi dastlab klub bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi. Endi esa klub rahbariyati unga yaxshilangan shartlar asosida yangi bitim taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu qaror nafaqat Husanovning barqaror va ishonchli o‘yinlari uchun munosib rag‘bat, balki klubning qimmatli aktivini Yevropaning yetakchi jamoalari qiziqishidan asrab qolishga qaratilgan strategik qadam ham hisoblanadi. Shuningdek, yangi shartnomaga muvofiq, Abduqodir Husanovning oylik maoshi sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola lavozimini tark etdi. Yangi mavsumdan boshlab “Manchester Siti”ni Enso Mareska boshqaradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing