Sirdaryodan Qo‘qonga Tojikiston orqali avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi 

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati markazidan Tojikiston orqali Qo‘qon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tez  kunda Guliston shahrini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi “Guliston – Qo‘qon” (Tojikiston Respublikasi orqali) viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Guliston shahridan jo‘naydigan avtobus “Xovosobod” hamda Farg‘ona viloyati yaqinidagi “Andarxon” chegara bojxona postlari orqali Qo‘qon shahriga yetib boradi. Yo‘lovchilardan xorijga chiqish pasporti bo‘lishi talab etiladi. 

Ushbu yo‘nalishning masofasi 264,3 kilometr bo‘lib, yo‘l haqi 50 (ellik) ming so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing