Sirdaryodagi yong‘indan 3 nafar bola qutqarib qolindi

Jamiyat

image

Bugun, 17 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida sodir bo‘lgan yong‘indan 3 nafar voyaga yetmagan bola qutqarildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 14:30 da Shirin shahar “Amir Temur” MFY hududida fuqaro M.B.ning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan. Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar tomonidan yong‘in soat 14:37 da to‘liq o‘chirilgan. 

Yong‘inni bartaraf etish vaqtida, yong‘in sodir bo‘lgan xonadon ichida bo‘lgan 3 nafar bola qutqarib qolingan. Aynan o‘sha joyning o‘zida bolalarga zudlik bilan birinchi tibbiy va psixologik yordamlar ko‘rsatilgan. Yong‘in natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. 

Qayd etilishicha, ayni damda yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, 1 fevral kuni Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli xonadonlardan birida yuz bergan yong‘inda 7 kishining hayoti qutqarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo qutqarildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing