Sirdaryodagi portlashda 3 mingdan ortiq uyga zarar yetdi

Jamiyat

image

Sirdaryo tumani Malik aholi yashash manzilidagi Mudofaa vazirligi omborida ro‘y bergan portlash oqibatida yon-atrofdagi 3 mingdan ortiq turar joy binosiga zarar yetgan. Bu  haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanidagi harbiy qism omborida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida ko‘rilgan zararni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar mas’ul vakillari hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

Ushbu voqeadan so‘ng, harbiy qism yaqinida joylashgan mahallalar to‘liq qamrab olinib, xatlovdan o‘tkazilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, 3 742 ta turar va noturar joylarning tomi, shifti, deraza va eshik romlariga qisman talafot yetgan.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida 2 ming kvadrat metr oynalar aholiga yetkazilib, o‘rnatib berilgan. Hozirda bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi harbiy qism omborida portlash yuz berdi. SSVga ko‘ra, hodisada 16 kishi jabrlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing