Sirdaryodagi portlashda 16 kishi jabrlandi. SSV ularning ahvolini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Malik aholi punktida Mudofaa vazirligi omborida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Portlash oqibatida 16 kishi jabrlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur voqea oqibatida jabrlanganlar holati yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Malik SIUda yuz bergan portlash haqida soat 05:01 da tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng ushbu hodisa natijasida shikastlangan 16 nafar bemorning 12 nafari Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Barcha jarohat olganlarga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Xususan, 5 nafar fuqaro Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida, 7 nafar bemorga esa ambulator yordam ko‘rsatilgan.  Shuningdek, 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filialida statsionar kuzatuvga olingan.

“Jabrlanganlar orasida jiddiy jarohat olgan va og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q”, deyiladi SSV xabarida.

Ayni paytda RSHTYOIM va uning Sirdaryo filialidan malakali shifokorlar Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga safarbar qilingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu bemorlar holatini o‘z nazoratiga olgan.

Mudofaa vazirligi portlash haqida ma’lumot berib, hodisada jabrlanganlar yo‘qligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo portlash SSV

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing