Sirdaryodagi magistral yo‘lda minglab mashina “probka”da qoldi
Jamiyat
−
06 iyun 2022
12590Bugun, 6 iyun kuni tunda Sirdaryo viloyatining Baxt shahri yaqinida minglab mashina "probka"da qolgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6 iyun kuni soat 00:15 larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “Islomobod” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘nalishidagi M34 avtomobil yo‘lining 87-88-kilometridagi ta’mirlanayotgan ko‘prik ustida, haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi X.S. shaxsiy Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobili nosozligi tufayli majburiy to‘xtab qolgan. Oqibatda yo‘l yopilib, ushbu yo‘nalishda sun’iy tirbandlik sodir bo‘lgan.
Tirbandlikni bartaraf etish maqsadida transportlar harakati Sayxunobod tumanidan o‘tuvchi mahalliy ichki yo‘ldan tashkil qilingan.
M34 yo‘lining 88- kilometrida yuzaga kelgan sun’iy tirbandlik soat 02:45 larda bartaraf etilib, avtomashinalar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
YHXX ushbu hududda joriy yilning 13 may kunidan boshlab ta’mirlash ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi