Sirdaryodagi “Qolgansir” o‘rmonida yirik yong‘in chiqdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi "Qolgansir o‘rmon-ov xo‘jaligi" yerlari sun’iy ravishda yoqib yuborilayotgani haqida xabar tarqalgandi. Unda o‘rmondagi xayvonot va o‘simliklar dunyosiga katta zarar yetayotgani aytilgan.

Holatga Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muxitni muxofaza kilish boshkarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 19 mart kuni "Qolgansir o‘rmon-ov xo‘jaligi" maydonining 147,2 gektar maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Qattiq yomg‘ir yoqqanligi sababli yong‘in  o‘sha kunni o‘zida o‘chgan. 

Hozirgi kunda ushbu xolat yuzasidan Sirdaryo viloyat Ichki ishlar bulimi tomonidan yong‘in chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo o'rmon yong'ini

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing