Sirdaryodagi dalada FVB ishchisining murdasi topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryo viloyatidagi dala maydonlaridan birida bo‘yin sohasi kesilgan holatdagi jasad topilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ushbu xabarni QALAMPIR.UZ’ga tasdiqlab, quyidagilarni ma’lum qildi. 

Viloyatning Mirzaobod tumani “Bek klaster”ga tegishli dala maydoni hududidan 1968 yilda tug‘ilgan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzaobod tumani bo‘limida ishlovchi G‘.A. ning murdasi bo‘yin sohasi kesilgan holatdagi tan jarohati bilan topilgan.

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida dastasi jigarrang oshxona pichog‘i, “RAPIRA” nomli lezviya va boshqa zarur buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

G‘.A. ning vafot etganligi yuzasidan tayinlangan sudga oid komission ekspertizasining dastlabki xulosasida uning o‘limiga bo‘yin sohasi qon tomirlari traxeya va qizilo‘ngachni kesilishi va tashqi qon ketishi sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2689

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing