Sirdaryodagi dahshatli “avariya”da ikki o‘smir halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan daxshatli yo‘l-transort hodisasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, voqea o‘sha kuni soat 22:00 atrofida tumanning Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi 20V036 avtomobil yo‘lining “Sholikor-Sirdaryo” yo‘nalishi 1-kilometrida sodir bo‘lgan. 

15 yoshli fuqaro otasiga tegishli bo‘lgan Lacetti avtomashinasini (otasidan beruxsat) boshqarib ketayotib, yuqori tezlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan hamda yo‘l chetidagi zovurga tushib ketgan. 

YTH oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, haydovchi esa tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Spark va YPX mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 17 yoshli yigit harakat davomida o‘z yo‘nalishini Cho‘pon ota ko‘chasiga o‘zgartirib, 3-qatordan 1-qatorga keskin burilgan va harakatni o‘ngga burganda,  o‘z yo‘nalishida 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo avariya Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing