Sirdaryoda yo‘lovchi 62 yoshli haydovchini bo‘g‘ib o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryoda 32 yoshli fuqaro yo‘l haqini bermaslik uchun 62 yoshli haydovchini bo‘ynidan bo‘g‘ib, o‘ldirdi. Bu haqda “Yangi davr” informatsion dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishicha, muqaddam o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlari bo‘yicha sudlangan, 1990 yilda tug‘ilgan shaxs Guliston-Do‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi haydovchi bilan 140 ming so‘m evaziga Jizzaxning Zomin tumaniga yetkazib qo‘yishga kelishadi. 

Shundan so‘ng, u Sirdaryo viloyatining Xovos tumaniga yetganda haydovchiga oila a’zolarini ham birga olish kerakligini aytadi. Haydovchi yo‘nalishni dastlab Boyovut tumani markaziga, so‘ng, Guliston shahri orqali Guliston tumani markaziga harakatni o‘zgartiradi. 

Guliston tumaning Yulduz mahallasiga yetib kelganda jinoyatchi yo‘l kira haqini bermaslik uchun haydovchi bilan tortishib qoladi. Keyin esa u haydovchini bir marotaba urib, bo‘ynidan arqon bilan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing