Sirdaryoda yuk va yengil avtomobillar to‘qnashdi

3-sahifa

image

Bugun, 22 iyun kuni Sirdaryo tumanida 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 12:00 atrofida Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, “Jiguli”, Nexia-3 hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, yuk transport vositasi ag‘darilgan.

To‘qnashuv oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Sirdaryo tumani Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing