Sirdaryoda YPX xodimi mashinada ayolni urib o‘ldirdi (video)
3-sahifa
−
17:40 5868 1 daqiqa
Kecha, 31 dekabr kuni Sirdaryo viloyatida 38 yoshli ayol yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinada urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga marhumaning yaqinlari ma’lum qildi.
Ularning bildirishicha, tonggi soat 6:30 larda Sirdaryo viloyatining Guliston shahri “Yangibozor” mahallasi hududida yo‘l-patrul xizmati xodimi mashinada yo‘lni kesib o‘tayotgan 1987 yilda tug‘ilgan ayolni katta tezlikda urib yuborgan. Ayol yo‘l-transport hodisasi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Uning yaqinlarining aytishicha, ayolning 3 nafar farzandi bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma soat 06:55 da klinik o‘lim holatida shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan barcha choralar ko‘rilganiga qaramay, soat 07:50 da biologik o‘lim qayd etilgan. Unga “ochiq bosh miya jarohati, miya qon quyilishi gumoni, suyaklar sinishi, ichki qon ketish va ko‘plab hayot bilan nomutanosib shikastlar” tashxisi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Jinoyat qidiruvi bo‘limi tezkor xodimi 43 yoshli erkakni mashinasida urib ketishi oqibatda erkak vafot etgani, shuningdek, IIO xodimi marhumning murdasini daryoga oqizib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025