Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izlar aholiga hujum qilayotgani rostmi? Ekologiya boshqarmasi izoh berdi
3-sahifa
−
06 fevral 2023
11999Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani Sholikor mahallasida yovvoyi to‘ng‘izlar aholiga hujum qilayotgani, oqibatda odamlar jarohatlanayotgani haqidagi videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videotasvirdagi holat 2022 yilning 7 oktyabr kuni Sirdaryo viloyat Guliston tumani hududida sodir etilgan. O‘sha hududda yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli ov quroli yordamida ov qoidalarini buzgan holda 1 dona yovvoyi cho‘chqa ovlagan.
Sodir etilgan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-modda 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi belgilangan.
“Videotasvirdagi yovvoyi cho‘chqani odamlarga tashlanganlik holati videomontaj bo‘lib, ushbu jarayonga talluqli emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi