Sirdaryoda o‘quvchi qiz maktabga qayiqda qatnamoqda (video)
Jamiyat
−
28 dekabr 2022
35017Ijtimoiy tarmoqlarda daryodan qayiqda suzib o‘tayotgani aks etgan o‘quvchi qizning videosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, videoda tasvirlangan qiz Guliston tumanidan Bekobod tumaniga Sirdaryo daryosidan qayiqda suzib o‘tadi. Maktab qizning uyiga uzoq bo‘lgani uchun u Guliston tumanidagi maktablarning biriga qayiqda qatnaydi.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmal Maxmudaliyev qizchaning onasi bilan suhbatlashgan.
“Avvalo, qizingizni jasoratini ko‘rib qoyil qoldim. Ilmga chanqoqligi shundoqqina ko‘rinib turibdi. Chuqur ta’lim olishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatamiz”, deydi viloyat hokimi.
Qizga o‘qishda foydalanishi uchun noutbuk, kitoblar jamlanmasi hamda yangi yil sovg‘alari berilgan.
“Qayiq haydashni yaxshi bilaman. Shu sabab bu menga qiyinchilik tug‘dirmaydi”, deydi qiz.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, mas’ullar qizchaning oila a’zolari bilan suhbatlashib, daryodan xavfsiz o‘tishi bo‘yicha zarur tavsiyalarni bergan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakilining QALAMPIR.UZʼga ma’lum qilishicha, qizchaning maktabga borishi uchun viloyat hokimligi tomonidan parom qo‘yib beriladi.
LiveBarchasi