Sirdaryoda o‘qituvchilarni majburan ishlatgan maktab direktori jazolandi
3-sahifa
−
30 avgust 2021
5080Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanidagi 9-maktab o‘qituvchilari maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb qilinganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani 9-son maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofini tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (12 mln 250 ming) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 31-maktab direktori chet tili o‘qituvchilarini hojatxonani tozalash va ta’mirlash ishlariga majburan jalb qilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi