Sirdaryoda o‘g‘rilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
3-sahifa
−
18 aprel
6239Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida ko‘p marta o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘ziga tanish bo‘lgan boshqa bir jinoiy sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, joriy yilning 27 fevral kuni tumanda joylashgan avtoehtiyot qismlari sotuvi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga yashirin ravishda kirib, umumiy qiymati 51 mln 160 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarini o‘g‘irlab ketgan va mazkur buyumlardan arzon-garov narx evaziga sotib yuborgan.
Shundan so‘ng, guruh yana jinoiy reja tuzishni boshlagan. Joriy yilning 13 mart kuni ular o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinada Oqoltin tumani Mustaqillik mahallasida joylashgan avtoehtiyot qismlari do‘koniga yashirin ravishda kirib, umumiy qiymati 43 mln 90 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarini o‘g‘irlab, o‘zlariga tanish bo‘lgan fuqaroga yana arzimas pul evaziga sotgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida bosqinchilik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.
LiveBarchasi