Sirdaryoda sotuvchi chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi (video)
3-sahifa
−
21 iyul
21158Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga D.J. ismli ayol murojaat qilib, 13 yoshli o‘g‘li (2011 yilda tug‘ilgan) Guliston shahridagi do‘kondan narsa xarid qilib, QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirgan hamda sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Videoda sotuvchi bolaning chap yuz qismiga urganini va chekni uning yuziga qarata uloqtirganini ko‘rish mumkin.
Keltirilishicha, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 13 yashar bolani Damas avtomashinasi ichida oyog‘idan kishanlab qo‘ygan maktab o‘qituvchisi 4 yilga qamalgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi