Sirdaryoda salomatlik yo‘lagi qurish uchun 13 ta daraxtni qo‘porayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida salomatlik yo‘lagi qurish uchun 13 ta daraxtni qo‘porayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 17 sentyabr kuni kech soat 22:52 lar atrofida Yangiyer shahar “Shodlik” MFY hududida “Suv ombor qurilish” xususiy korxonasi ish yurituvchisi O.S.ning buyrug‘i bilan fuqarolar N.X., S.T., A.G‘. salomatlik yo‘lakchasi qurilishi uchun Samsung rusumli ekskavator yordamida 12 (o‘n ikki) dona shumtol va 1 (bir) dona tut daraxtlarini qo‘porayotgani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. 

"Sirdaryo tumani hokimining 11.09.2021 yildagi 91-9-128-G/21 sonli farmoyishida tuman hududidagi qurib o‘sishdan to‘xtagan daraxtlarni kesib tuman zaxirasiga olinishi ko‘rsatilgan. Lekin bu farmoyishni ijrosini ta’minlash uchun, ya’ni qurigan daraxtlarni kesish uchun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xulosasi kerak bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 million 750 ming jarima qo‘llandi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 125 million 820 ming so‘mni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing