Sirdaryoda Nexia portlab ketdi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Nexia avtomobili portlab ketgani aks etgan video e’lon qilingandi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat berdi.

Bugun, 4 may kuni soat 14:03 da Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, fuqaro L.N boshqaruvida bo‘lgan Nexia-1 rusumli avtomashina Guliston shahar, Do‘stlik mahallasi, Xondamir ko‘chasi yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan gazballoni yorilib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtomashina salonida hech kim bo‘lmagan.

Ushbu hodisa oqibatida og‘ir turdagi tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing