Sirdaryoda mansabdor shaxslar 1 mlrd so‘m pulni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

“Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasining sobiq mansabdor shaxslari 1 mlrd 6 mln so‘mni talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasining sobiq mansabdor shaxslari 2018-2021 yillarda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari, ishchi xodimlarning ish haqlari va rag‘batlantirish pullari – jami 1 mlrd 6 mln so‘mni talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Shuningdek, ushbu unitar korxonaning sobiq rahbari X.O., sobiq bosh hisobchisi S.Sh., sobiq hisobchisi X.S., sobiq bo‘lim boshlig‘i M.Sh. va yana 10 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, sud idoralariga yuborilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayhunobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, aybdorlarga ozodlikdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari hamda qonunchilikda belgilangan boshqa jazo turlari tayinlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, talon-toroj qilingan byudjet mablag‘larining 767 mln so‘m qismi undirilgan. Qolgan 239 mln so‘m pul mablag‘i majburiy tartibda undirish uchun Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made