Sirdaryoda maktab binosi qurishga ajratilgan mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi maktab binosini qurishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.B.” MCHJ tomonidan Yangiyer shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosini qurishda amalda bajarilmagan 149 mln so‘mlik ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari I.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing