Sirdaryoda qo‘shni ayolni pichoqlab o‘ldirgan yigit 20 yilga “kesildi” 

3-sahifa

image

Sirdaryoda qo‘shnisining uyiga o‘g‘irlikka tushib, uni pichoqlab o‘ldirgan yigit 20 yilga qamaldi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Sardoba tumanida yashovchi yigit tunggi vaqtda o‘z mahallasidagi uyga o‘g‘irlikka tushgan.

U uyga derazadan oshib kirib, uyda uxlab yotgan ayolning bo‘ynidagi tilla zanjirni yechib olayotgan vaqtida ayol uyg‘onib ketgan.

Shundan so‘ng, yigit qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan  ayolning tanasiga ko‘p marotaba zarba bergan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati Guliston shahar sudida ko‘rib chiqilib, sud hukmi o‘qilgan. Unga ko‘ra, sudlanuvchiga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing