Sirdaryoda qorbobo-hokim muhtojlarga “sovg‘a” tarqatdi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 26 dekabr kuni Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam va Prezident tabrigini “Qorbobo” obrazida yetkazdi. Bu haqda viloyat Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilgacha viloyat bo‘yicha jami 11 816 ta oilaga bir martalik moddiy yordam (800 ming so‘m) ko‘rsatish belgilangan. Bugungi kunga qadar oilalarning 60 foiziga yordam pullari tarqatib bo‘lingan. 

Hokimning shaxsan o‘zi bir kunda oltita xonadonga qorbobo obrazida kirib, yordam puli, Prezident tabrigi va bayram sovg‘alarini topshirgan. Moddiy yordam pulidan tashqari oilalarga qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari ham berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, joriy yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:

•  2021 yil davomida "Temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
•  18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
•  18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing