Sirdaryoda Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ishxonasida o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
22 iyun 2022
10913Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida davlat tashkiloti xodimi onlayn qimor qurboni bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, Boyovut tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlab kelgan T.B. joriy yilning 13 iyun kuni o‘zi ishlab kelgan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’muriy binosining ikkinchi qavatidagi bo‘sh xonasida, ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli xona eshigining to‘siniga sirtmoq bilan bo‘yin qismidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB tezkor-tergov guruhi a’zolari va tuman prokuraturasi tergovchisi tomonidan ko‘zdan kechirilib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi