Sirdaryoda qariyb 35 mln so‘mlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan fuqaro ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, viloyat bojxona boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbirda 34 800 000 so‘mlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan Nexia haydovchisi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tadbir davomida Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro M.I. tomonidan Nexia avtomashinasida Qirg‘iziston Respublikasidan yashirin yo‘l bilan olib o‘tilgan, umumiy qiymati 34 800 000 so‘mga baholangan 73 452 dona pirotexnika vositasi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing