Sirdaryoda is gazidan zaharlangan 2 kishi vafot etdi. 2 yoshli qiz reanimatsiyada

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida 33 yoshli erkak voqea joyida, uning 26 yoshli turmush o‘rtog‘i esa, shifoxonada vafot etdi. Ularning 2 yoshli qizi reanimatsiyaga yotqizilgan.

Oqoltin tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 8 yanvar 2021 yil soat 13:45da bergan xabariga ko‘ra, Oqoltin tumani, “Ko‘rkam diyor” MFY Marjonbuloq ko‘chasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T.S., uning turmush o‘rtog‘i 1994 yilda tug‘ilgan I.S. va voyaga yetmagan farzandi – 2019 yilda tug‘ilgan E.R. lar yashash xonadonida is gazidan zaharlangan. Oqibatda T.S. voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i I.S. va voyaga yetmagan farzandi E.R. lar Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan I.S. shifoxonada vafot etgan. 2 yoshli qiz esa, reanimatsiyada.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing