Sirdaryoda g‘alla o‘g‘rilariga jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
12 avgust 2023
6861Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida 5 tonnadan ortiq g‘allani o‘g‘irlayotgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, "G‘alla-2023" yig‘im-terimiga jalb qilingan “A.P.S.” MJCHga qarashli oq rangli HOWO yuk mashinasi haydovchisi A.J. hamda “I.A.” MCHJning qo‘riqlash xizmati xodimi M.A. qariyb 18 million so‘mlik 5 260 kg g‘alla mahsulotini o‘g‘irlayotgan vaqtida ushlangan. Shundan so‘ng, jami 5 260 kg g‘alla mahsuloti ashyoviy dalil tariqasida olinib, “I.A.” MCHJning mas’ullariga tilxat asosida topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro A.J. va M.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.