Sirdaryoda ayolni Rossiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
04 Oktabr
6111Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yangiyerlik ayolni Rossiyaga fohishalik qilish uchun yuborishga uringan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qashqadaryo viloyatida yashovchi Z. ismli shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroga Rossiya Federatsiyasining Domodedovo shahrida ish borligini va fohishalik evaziga mo‘may pul ishlab olishi mumkinligini aytgan. Rossiyaga borganda esa ayolning D. ismli tanishi kutib olishini, hujjatlarni ham tanishi o‘z hisobidan qilishini ham bildirgan. U jinoiy sherigi bilan ayolni Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan paytda Sirdaryo tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida qizlarni Ummon davlatiga fohishalikka jo‘natib kelgan ikki ayol 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
LiveBarchasi
26 noyabr