Sirdaryoda ayol o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchini kaltakladi (video)
3-sahifa
−
14 fevral
14693Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi maktablarning birida ayol o‘qituvchini urgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirdi.
Videoda o‘quvchining onasi sinfda o‘qituvchiga qo‘pol muomalada bo‘lib, uning yuziga musht tushirgani, o‘ldirish bilan tahdid qilganini ko‘rish mumkin. Vazir Hilola Umarova holat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Umarova bu voqea Sirdaryo viloyat MMTB ishchi guruhi tomonidan o‘rganilayotganini, o‘rganish natijalariga ko‘ra tez orada jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda ona o‘quvchilar oldida o‘qituvchini kaltaklagandi. 11 fevral kuni ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. U Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi