Sirdaryoda 3 egizak dunyoga keldi
O‘zbekiston
−
25 Avgust 2025 8150 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida 3 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Boyovut tumani, "Bunyodkor" mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan onaning 3 nafar farzandi murakkab operatsiya o‘tkazish orqali tug‘dirib olingan.
"Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida 1-toifali akusher-ginekolog Shahlo Xo‘jayeva boshchiligida o‘tkazilgan murakkab operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi", deyiladi xabarda.
.jpg)
Dunyoga kelgan chaqaloqlar 2 o‘g‘il, 1 qiz bo‘lib, ularning vazni quyidagicha:
1- o‘g‘il bola - 1 kg 920 gr
2- o‘g‘il bola - 2 kg 710 gr
3-qiz bola - 2 kg 830 gr
Bildirilishicha, ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ular hozirda shifokorlar nazoratida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 23 yoshli ayol 4 nafar egizakni dunyoga keltirgandi. Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun barcha zarur shart-sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti natijasida 1622 grammlik bir nafar o‘g‘il, 1330, 1510 va 1370 grammlik uch nafar qiz tug‘ilgan.
Dilbar Shoakromova
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr