Sirdaryoda 20 yashar qizni fohishalikka jo‘natayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
25 mart 2022
8974Sirdaryoda 20 yashar tanishini Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 23 mart kuni 1993 yilda tug‘ilgan Guliston shahrida yashovchi I. ismli fuqaro o‘zining tanishi bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan K. ismli fuqaroni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanishga yuborayotgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, I. ismli shaxs K. ismli fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida “Sirdaryo” Yo‘l-patrul xizmati maskanida ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi