Sirdaryoda 2 ta korxona yarim milliarddan ortiq elektrni o‘mardi
3-sahifa
−
12:14 348 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “M. E. X.” MCHJga qarashli noturar bino o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 260 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Bu kabi holat, shuningdek, Sirdaryo tumanida “A. B. Z.” korxonasiga qarashli binoda ham qayd etilgan. Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, elektr ta’minot korxonasiga 330 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 1 mlrd so‘mdan ziyod elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlangan edi.
Live
Barchasi