Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qiz bedarak yo‘qoldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida 16 yoshli o‘quvchi qiz bedarak yo‘qoldi. Mazkur holat bo‘yicha viloyat IIB matbuot xizmati fuqarolardan amaliy yordam so‘rab chiqdi. 

Qayd etilishicha, Mirzaobod tumani, Navro‘z mahallasi, Navro‘z ko‘chasi 55-uyda yashagan 2007 yil 12 iyulda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi Egamberdiyeva Laylo Ravshan qizi bedarak yo‘qolgan. 

Alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm, sochi qora, ko‘zlari jigarrang, labi, burni va quloqlari o‘rtacha kattalikda. Egnida yashil rangli ayollar sport kurtkasi, pastki qismida harbiylar kiyimi ko‘rinishidagi sport trikosi, oyog‘ida oq krossovka bo‘lgan.

Viloyat IIBning bildirishicha, Laylo Egamberdiyevani topilishida ko‘maklashgan fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi. 

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

Tel: 102, 99 468 55 65, 99 440 14 86, 78 221 02 82, 67 310 12 02


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv Sirdaryo bedarak yo'qolgan Mirzaobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing