Sirdaryoda 104 mrld so‘mlik paxta noqonuniy sotilgani aniqlandi
3-sahifa
−
29 iyun 4232 2 daqiqa
Sirdaryo viloyatida 100 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi paxta tolasini noqonuniy tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan korxonaga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni taqiqlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari buzilishlari yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida “White gold klaster” MCHJ tomonidan 104 mlrd so‘mlik 5 000 tonnadan ortiq paxta tolasi mahsulotni birja savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilgani aniqlangan.
Shuningdek, ushbu mahsulotni birja savdolarida shakllangan o‘rtacha birja kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda narxlarini yuqori qo‘llash natijasida jami 700 mln so‘mdan ortiq asossiz daromad olganlik holatlari ham aniqlangan.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “White gold klaster” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 205 tonna un mahsulotini birja savdolarisiz 634 million so‘mga sotgan korxonaga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan edi.

Live
Barchasi