Surxondaryoda un mahsulotini noqonuniy sotgan korxonaga chora ko‘rildi
3-sahifa
−
11 iyun 3058 2 daqiqa
205 tonna un mahsulotini birja savdolarisiz 634 million so‘mga sotgan korxonaga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida “Denov oltin don” MCHJ tomonidan 2025 yil oktyabrdan 2026 yil 31 martga qadar Jamg‘arma hisobidan birja savdolari orqali sotib olingan 273 tonna bug‘doydan belgilangan norma asosida ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan 205 tonna un mahsuloti birja savdolariga qo‘yilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomasi asosida jami 634 million so‘mdan ortiq mablag‘ga sotilganligi aniqlangan.
Qo‘mitaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasida birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish taqiqlangan.
Shuningdek, qonunchilikka muvofiq faqat birja savdolariga qo‘yish yo‘li bilan sotilishi lozim bo‘lgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish taqiqlanadi.
Bildirilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “Denov oltin don” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda faoliyat olib boruvchi 6 ta kompaniya sub’ekti yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymasdan, jami 8 milliard so‘mdan ortiq qiymatli savdoni davlat nazoratisiz amalga oshirgani aniqlangan edi.

Live
Barchasi