Sirdaryoda 1,1 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi
3-sahifa
−
11:52 497 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Bosh prokuratura shtabi tomonidan Guliston shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “M. K.” MCHJga qarashli noturar binoning hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 112 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlangandi.
Live
Barchasi